1

Xitoyda kuchli yomg`ir tufayli 20 mingdan ortiq inson evakuasiya qilindi

Dunyo 06.06.2020, 10:17
Xitoyda kuchli yomg`ir tufayli 20 mingdan ortiq inson evakuasiya qilindi

Xitoyning janubi-sharqidagi Szyansi provinsiyasi ma`murlari kuchli yomg`ir tufayli 21 ming kishini evakuasiya qildi.

Xabar qilinishicha, seshanba kuni boshlangan yomg`ir natijasida 117 uy vayron bo`lgan, shuningdek 24,3 ming gektar qishloq xo`jalik ekinlari yo`q bo`lib ketgan.

Ta`kidlanishicha, yomg`ir tufayli yuz bergan toshqinlar deyarli 380 ming kishining normal hayotini izdan chiqargan. Yomg`ir zarari taxminan 49,3 million dollarga baholanmoqda.

Meteorologlar yog`ingarchilikni yakshanba kunigacha davom etishini taxmin qilishib, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tabiiy ofatlar haqida aholini  ogohlantirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1