1

AQShda ikki motorli samolyot halokatga uchradi

Dunyo 06.06.2020, 11:40
AQShda ikki motorli samolyot halokatga uchradi

AQSh janubi-sharqida, Jorjiya shtatida ikki dvigatelli “Piper PA-31T” rusumli samolyot qulashi oqibatida kamida besh nafar inson halok bo`lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda “Fox 5” telekanali hukumatdagi manbalariga tayanib xabar tarqatgan.

Floridadan Indianaga yo`l olgan havo kemasi sahnida uchuvchidan tashqari dafn marosimiga ketayotgan bir oilaning 4 a`zosi bo`lgan. Ular orasida ikki nafar voyaga etmagan bola ham bor edi. Qurbonlar jasadi voqea joyidan topilgan.

AQSh Fuqaro aviasiyasi federal boshqarmasi taqdim etgan ma`lumotga qaraganda, samolyot Patnam okrugi uzra uchib o`tayotganda kuchli dovulga duch kelgan. Falokatga aynan ushbu tabiat hodisasi sabab bo`lgani esa rasman aytilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1