1

Fransiya prezidenti Sorbonna universitetida Evropaning kelajagi haqida nutq so`zladi

Dunyo 25.04.2024, 23:37
Teglar: Fransiya Prezidenti, Emmanuel Makron, Evropaning kelajagi
Fransiya prezidenti Sorbonna universitetida Evropaning kelajagi haqida nutq so`zladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Sorbonna universitetida Evropaning kelajagi haqida nutq so`zladi. Bu haqda “Politico” ma`lum qildi.

Makronning nutqidan asosiy iqtiboslar:

Evropada birlik bor. Biz Rossiya uglevodorodlariga qaramlikdan qutuldik va agressiyaning birinchi kunidanoq Ukrainani birgalikda qo`llab-quvvatladik.  Evropa umumiy kuchga aylandi;

Ukraina va Moldova Evropaning bir qismidir va ular, G`arbiy Bolqon davlatlari kabi, vaqti kelganda, Evropa Ittifoqiga a`zo bo`lishadi;

Biz inqirozlarga tezda javob berdik, ammo bu etarlimi? Bugungi Evropamiz “halokat yoqasida”.  Bizning qadriyatlarimiz xavf ostida. Bizga tahdid qiladigan xavflardan etarlicha himoyalanmaganmiz, chunki biz juda sekin javob qaytaramiz;Bizga ishonchli himoya kerak. NATOning faoliyati muhim, ammo bizga Evropa mudofaa tizimi zarur. Rossiyaning urushda g`alaba qo

zonmasligi bu bizning xavfsizligimizning muhim shartidir. Ukrainaga yordam berishda hech qanday chegaralar bo`lmasligi kerak;

Bizning iqtisodiy modelimiz barqaror emas. Biz hamma narsaga ega bo`lishni xohlaymiz, lekin bu haqiqatga mos kelmaydi. Xitoy va AQSh xalqaro savdo qoidalariga rioya qilishni to`xtatdilar.  Ularnikidan ko`ra soddaroq savdo siyosatini olib borishga urinmasligimiz kerak;

Evropani 2030 yilga borib beshta asosiy soha – sun`iy intellekt, kvant kompyuterlari, kosmonavtika, energetika va qishloq xo`jaligi bo`yicha jahon etakchisiga aylantiraylik;

Bizning demokratiyamiz targ`ibotlar yordamida tobora ko`proq tanqid qilinmoqda. Agar biz vaqt va tarixning tezlashuviga javob bermasak, Evropa “o`lishi” mumkin. Evropalik bo`lish shunchaki Evropada yashash emas, bu shaxsni hamma narsadan ustun qo`yadigan g`oyani himoya qilishni anglatadi. Bizni boshqalardan ajratib turadigan asosiy jihat insonparvarlikdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1