1

Odil Abduqahhorov “O`zbekkonsert” rahbarligidan ketdi

Madaniyat 10.06.2020, 21:40
Odil Abduqahhorov “O`zbekkonsert” rahbarligidan ketdi

Bugun, 10 iyun kuni “O`zbekkonsert” davlat muassasasida navbatdan tashqari yig`ilish bo`lib o`tdi. Yig`ilishni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov olib bordi.  

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. 2017 yildan buyon Muassasaga rahbarlik qilib kelgan Abduqahhorov Odiljon Abdug`anievich boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan muassasa direktorining ijodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Djamaldinov Alisher Xudayberdievich vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xabar bermoqda.

Djamaldinov Alisher Xudayberdievich 1975 yilda tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 1999 yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining sharq musiqasi fakultetini tamomlagan.  

Mehnat faoliyati davomida 2013-2018 yillarda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida bir qancha mas`ul lavozimlarida faoliyat yuritgan, xususan Konsert-tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i vazifasida fidokorona mehnat qilgan.

A.Djamaldinov 2018 yildan boshlab “O`zbekkonsert” davlat muassasasida ijodiy masalalar bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida sidqidildan mehnat qilib kelmoqda.      

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi jamoasi Odiljon Abduqahhorovning muassasadagi samarali faoliyati uchun minnaddorlik bildiradi hamda kelgusidagi ishlariga ham muvaffaqiyatlar tilaydi.

O`z navbatida Alisher Djamaldinovga ham bundan keyingi faoliyatida muvaffaqiyat va samaradorlik hamroh bo`lishiga tilak bildiradi.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1