AsosiyJamiyat

Tomsk qurbonlari dafn etildi (Video)

'Tomsk qurbonlari dafn etildi (Video)'ning rasmi

Xabaringiz bor, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog`ochdan qurilgan 1/3-uyda yong`in sodir bo`lgan edi. Natijada, ushbu xonadonda istiqomat qilgan 12 nafar O`zbekiston fuqarolaridan 10 nafari voqea joyida halok bo`lgan edi.

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok bo`lgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ularning 8 nafari Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidan, 1 nafari Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida istiqomat qilgani aniqlangan edi.
Mutaxassislar tomonidan olib borilgan birlamchi tahlil natijalariga ko`ra, yong`in oqibatida halok bo`lgan o`n birinchi fuqaro Andijon viloyati Andijon tumanida istiqomat qilgan Mamadjonov Muzaffarjon Dilmurotovich bo`lgani ma`lum qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga asosan, yong`in sabablarini o`rganish, jabrlanganlar va halok bo`lgan fuqarolarning oila a`zolariga yordam ko`rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiyaga:

— halok bo`lgan fuqarolar va jabrlanganlarning yaqinlariga zarur tibbiy va psixologik yordam ko`rsatish;

— jabrlanganlar va halok bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadini Vatanga olib kelish bo`yicha tashkiliy choralarni ko`rish;

— Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yong`inni kelib chiqish sabablarini o`rganish;

— mahalliy hokimiyat va o`zini o`zi boshqarish organlari bilan birgalikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularning oila a`zolariga dafn marosimlarini o`tkazishda amaliy yordam ko`rsatish kabi bir qator vazifalar yuklatildi.

“Human.uz” axborot portali ijodiy xodimlari 23-24 yanvar kunlari yong`in natijasida halok bo`lganlarning oilalaridan xabar olish, holatni ba`tafsil o`rganish maqsadida Qiziltepa tumanida bo`lishdi.

— Tuman hokimi va tuman faollaridan bir guruhi vafot etganlarning xonadonlarida bo`lib, ularning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildirishdi, — deydi tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Alisher Umedov. — Shuningdek, halok bo`lganlarning oila a`zolariga malakali shifokorlar tomonidan tibbiy va ruhiy yordam ko`rsatish tashkil etildi. Vafot etganlarning oilalarining har biriga alohida e`tibor qaratilmoqda. Har bir oilaga 5 million so`mdan moddiy yordam, 2 qop un, 50 litr o`simlik yog`i, 25-30 kg go`sht mahsulotlari, dafn marosimlarini o`tkazish bilan bog`liq barcha tashkiliy masalalarga ko`mak ko`rsatilmoqda. Bundan tashqari “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 15 million so`mdan moddiy yordam berildi. Ularga dalda bo`lib turish maqsadida faollar ularning yonida dalda bo`lib turishibdi.

Ijodiy jamoa haloq bo`lganlarning oilalarida bo`lib, ularga hamdardlik bildirib, qaytishdi.

FVV bergan ma`lumotga ko`ra, kecha 26 yanvar kuni vafot etganlar dafn etish uchun Rossiya Federasiyasidan yurtimizga olib kelindi. Shu kuni ular o`z ona eriga dafn etildi.

Videolavhani batafsil tomosha qiling:

Mavzuga oid:

Tomskdagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Bugun Tomskda yong`in oqibatida halok bo`lgan vatandoshlarimizning jasadlari Toshkentga keltirildi

Tomskdagi yong`inda 10 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi

O`zbekiston Bosh konsulxonasi Tomskdagi vaziyatni nazoratga oldi

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoevga hamdardlik bildirdi

Rossiyada yonib ketib halok bo`lgan o`zbekistonliklardan 9 nafarining shaxsi aniqlandi. Ularning aksariyati Navoiydan

O`zbekiston Musulmonlar idorasi Tomskdagi yong`inda halok bo`lgan hamyurtlarimizning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi

Prezident ko`rsatmasiga binoan Tomskdagi yong`in sabablarini o`rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi

Otabek Umarov Tomskda vafot etgan vatandoshlarimizning yaqinlariga sabr-bardosh tiladi

Tomskdagi yong`inda halok bo`lgan barcha 10 nafar O`zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlandi

Yana Rossiya, yana yong`in, yana o`zbeklar, yana qurbon...

Rossiyada yonib ketgan 11-o`zbekistonlikning ham shaxsi aniqlandi.

 

Boshqa yangiliklar