Avval xabar qilganimizdek, 26 noyabr kuni Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey vafot etdi. O`zbekiston TIV Vladimir Makey vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
"Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Vladimirovich Makeyning bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qildik. Vladimir Vladimirovich mohir va tajribali diplomat, o`z sohasining ustasi va Belarusning haqiqiy vatanparvar insoni edi.
Uning ko`p qirrali O`zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirishga bo`lgan samimiy intilishi alohida e`tiborga molik. Ayniqsa, so`nggi yillarda u O`zbekiston va Belarus o`rtasidagi do`stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo`shdi.
V.Makey o`zidan ijobiy va yorqin xotiralar qoldirdi. Vladimir Vladimirovich Makeyning hamkasblari, yaqinlari va do`stlariga hamdardlik va dalda so`zlarimizni bildiramiz", - deyiladi xabarda.