Amerikalik pop yulduz Madonna Malavida yashovchi egizak qizlarni asrab oldi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.
Xonanda ilgari ham Sharqiy Afrika respublikalaridan bo`lgan ikki nafar bolani ham asrab olgan edi. Madonna o`zining Instragram sahifasida oila a`zolarining soni yana ikkitaga ko`payganini ma`lum qildi va asrab olgan egizak qizlarining fotosuratlarini joylashtirdi.
“Malavilik egizak qizlarni asrab olishdagi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni yakuniga etganini rasman tasdiqlayman. Bu qizaloqlar oila a`zolarimga aylanganidan judayam baxtliman”, dedi Madonna.
Xonanda mazkur jarayonda unga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi va jurnalistlardan egizak qizlarning ortiqcha stressiz oilaga moslashishi uchun o`zi va farzandlarining shaxsiy hayotini hech bo`lmaganda ma`lum muddat hurmat qilishlarini, tinch qo`yishlarini iltimos qildi.
Amerikalik xonandaning o`g`li va qizi bor. U 2006 yilda malavilik o`g`il bolani va 2009 yilda yana bir qizaloqni ham asrab olgan edi.
16.12.2019, 11:35
Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...14.12.2019, 20:26
Koson tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni o`z joniga qasd qilish holatlari bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik....13.12.2019, 19:35
Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...10.12.2019, 20:06
Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...