Yosh o‘tishi bilan xotira va diqqat susayishi tabiiy holat. Ammo olimlar kundalik odatlar orqali miya faoliyatini uzoq vaqt saqlab qolish mumkinligini ta’kidlamoqda. BBC e’lon qilgan tadqiqotga ko‘ra, kundalik oddiy odatlar miya faoliyatini uzoq yillar davomida faol saqlashga yordam beradi.
Olimlar miyani yosh saqlashning 3 oddiy usulini aytdi:
Birinchi usul, fazoviy fikrlashni rivojlantirish — yangi yo‘nalishlarda yurish, manzilni navigatorsiz topish va atrofni eslab qolish miya uchun foydali.
Ikkinchi usul, ijtimoiy faol bo‘lish — odamlar bilan suhbatlashish, do‘stlar bilan uchrashish va jamoa mashg‘ulotlari miyani faol ishlatadi.
Uchinchi usul doimiy o‘rganish — yangi til, musiqa, kitob o‘qish yoki yangi hobbi miyadagi nerv bog‘lanishlarini mustahkamlaydi.
Olimlar fikricha, insonga yoqadigan va muntazam bajariladigan mashg‘ulotlar miya qarishini sekinlashtirishda eng samarali usul hisoblanadi.






