1

Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari kuni va joyi aniq bo`ldi

Jamiyat 14.09.2020, 19:25
Teglar: magistratura
Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari kuni va joyi aniq bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga 15 sentyabr kuni kirish imtihonlari bo`lib o`tadi. Bu haqda Edu.uz rasmiy kanali xabar bermoqda

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga 2020/2021 o`quv yili uchun qabul joriy yil 15 sentyabr kuni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Keles yo`li ko`chasida joylashgan “G`alaba” bog`i hududidagi yopiq sahna maydonida o`tkazilishi rejalashtirilgan.  

 

Akademiya magistraturasida joriy o`quv yilida tahsil olish uchun jami 300 dan ortiq nomzodlar (kvota-30 ta) hujjatlar topshirgan.

Kirish imtihonlari yozma imtihon va suhbatdan tashkil topadi. Yozma imtihon huquqiy mavzuda esse va chet tili bo`yicha test savollaridan iborat.

Imtihonni o`tkazishda ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash maqsadida:

– chet tili bo`yicha test savollari Davlat test markazi tomonidan tuzilib, markaz tomonidan imtihon o`tkaziladi va javoblari baholanadi;

– imtihon jarayoni videokuzatuv ostida real vaqt rejimida translyasiya qilinadi;

– yozma imtihonga, imtihon javoblarini tekshirishga va suhbat bo`yicha komissiya faoliyatiga boshqa idoralar vakillari kuzatuvchilar va mutaxassislar sifatida jalb qilinadi;

– imtihon biletlari avtomatik tarzda elektron generasiya qilinadi;

– har bir nomzodga identifikasion raqam beriladi va imtihon javoblari to`liq shifrlanadi.

Imtihon o`tkaziladigan joyga kirishdan oldin nomzodlarning tana harorati o`lchanib, har bir nomzod alohida tibbiy qo`lqop va niqob hamda suv bilan ta`minlanadi, ularga kerakli kanselyariya tovarlari beriladi.

Kirish imtihonlari o`tkaziladigan kuni kunning birinchi yarmida dastlab chet tili bo`yicha, keyin esa mutaxassislik fanlari bo`yicha imtihon o`tkaziladi.

Kirish imtihonlarini topshirish uchun nomzodlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan belgilangan vaqt va joyga kelishlari lozim.

Nomzodlar kirish imtihonlari bilan bog`liq barcha yangiliklar haqida Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (https://t.me/ProsecutorAcademy, www.facebook.com/ProsecutorAcademy, www.instagram.com/proacademyuz) orqali tanishib borishlari mumkin.

Kirish imtihonlariga oid qo`shimcha ma`lumot olmoqchi bo`lgan nomzodlar uchun har kuni onlayn konsultasiyalar o`tkazilmoqda. Buning uchun ular 71-202-04-96 (ichki 1775; 1795) telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Bosh prokuratura Akademiyasining jamoasi nomzodlarga kirish imtihonlari davomida zarur sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan barcha choralarni ko`radi va ularga omad tilab qoladi.

 

Sharhlar

Magistratura uchun til bilish sertifikati bekor bo`ladimi?

06.05.2024, 14:44

Ijtimoiy tarmoqlarda magistraturaga kirish uchun til bilish sertifikati bo`lish talabi bekor qilinishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bunga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda magistraturaga kirish uchun xorijiy til...
"Nega magistraturaga mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni OTMlarning o`zi o`tkazmoqda?” E`tirozlarga vazir javob berdi (video)

09.07.2021, 14:20

Shu kunlarda aholi tomonidan Oliy ta`lim muasssalariga kirish imtihonlari bilan bog`liq e`tirozlar ko`paymoqda. Ayniqsa, magistraturaga imtihon topshiradigan talabalar uchun qabul jarayonlarini o`tkazish tartibi  turli savollarni...
Olimpiada g`oliblariga magistraturaga kirish uchun eng yuqori ball beriladi

07.11.2019, 19:22

Talabalar fan olimpiadasi g`oliblari magistraturaga kirish imtihonlarida mutaxassislik fanlaridan maksimal ball olish huquqiga ega bo`ladi. Mazkur imtiyoz berilgan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1