2 noyabr kuni Toshkentning to‘qqizta tumanida elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi va ularni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bilan bog‘liq. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Elektr ta’minotidagi uzilishlar quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:
-
Sergeli tumani — «Eski Jaloyir» mahallasi (soat 10:00 dan 16:00 gacha);
-
Mirzo Ulug‘bek tumani — «Katta Qorasuv» mahallasi (soat 10:00 dan 16:00 gacha);
-
Shayxontohur tumani — «Ko‘k ota» mahallasi (soat 10:00 dan 15:00 gacha);
-
Chilonzor tumani — «Tirsakobod» mahallasi (soat 10:00 dan 16:00 gacha);
-
Olmazor tumani — «Nihol» mahallasi (soat 10:00 dan 16:00 gacha);
-
Yakkasaroy tumani — «Rakat» mahallasi (soat 10:00 dan 16:00 gacha);
-
Uchtepa tumani — «Chamanzor» mahallasi (soat 10:00 dan 16:00 gacha);
-
Bektemir tumani — «Oltintopgan», «Sohil», «Zardast», «Nurli yo‘l» va «Musaffo» mahallalari (soat 10:00 dan 16:00 gacha);
-
Yunusobod tumani — «Bobodehqon», «Shoshtepa», «Sevinch», «Ahilobod», «Qadrdon», «Yurtobod» va «Uvaysiy» mahallalari (soat 13:00 dan 16:00 gacha).
Ta’kidlanishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar qisqa muddatli bo‘lib, ta’mirlash ishlari zaruratga qarab amalga oshiriladi. Shuningdek, ishlar belgilangan vaqtdan oldin yakunlanishi mumkin.
Toshkent shahar filiali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ragan.






