AsosiyJamiyat

Paxta yig`imi boshlanishi oldi Fermerlar kengashi murojaat bilan chiqdi

'Paxta yig`imi boshlanishi oldi Fermerlar kengashi  murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

O`zbekiston Fermerlar kengashi bu yilgi paxta yig`imi oldidan murojaat bilan chiqdi.

“Shu kunlarda dalalarimizda “oq oltin” terimi qizg`in bormoqda. Bu mavsum ko`plab yurtdoshlarimiz uchun muhim palla hisoblanadi. Shuning bilan bir vaqtda, majburiy mehnat yoki boshqa bir noodatiy holatlar ham shu davrga to`g`ri kelishini kuzatish mumkin.  

Ana shunday salbiy holatlarga barham berish, terimchilar uchun qulayliklar yaratish va huquqlarini ta`minlash maqsadida O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi paxta yig`im-terimini uyushqoqlik bilan o`tkazish borasida mamlakatimiz aholisiga va fermerlarga murojaat bilan chiqdi.

Paxta terimiga 18 yoshga to`lmagan yigit-qizlarni, byudjet tashkilotlarining ishchi-xodimlarini jalb qilishga urinmang,(ko`ngillilar oila byudjetiga mablag` ishlab olishi uchun dam olish va ishdan tashqari ixtiyoriy yashash joyidan uzoq bo`lmagan yaqin dalalarda paxta terimiga chiqishi bundan mustasno) shuningdek, majburiy mehnatning har qanday shakliga qarshi turing.  

Chunki, O`zbekistonda majburiy mehnatdan foydalanganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirilganini unutmang”, deyiladi murojaatda.

 

Boshqa yangiliklar