1

G`uzorda «SOY CITY» qurilishi rejalashtirildi.

Jamiyat 16.09.2020, 21:59
Teglar: G`uzor,, SOY CITY
G`uzorda «SOY CITY» qurilishi rejalashtirildi.

G`uzorda «SOY CITY» qurilishi rejalashtirildi. 

 

G`uzorda tumanida «Sarchashmalik yoshlar shaharchasi» bunyod etilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu tumanda xorijiy investor ishtirokida yana bir shaharcha bunyod etilish arafasida.

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining yozishicha,  ushbu istiqbolli kelishuv viloyat rahbari Zoyir Mirzaev va “CANADIAN SOY INTEGRATED PRODUCTION” MChJ qo`shma korxonasi rahbari Nasiib Dovud (Kanadalik turk) bilan o`tkazilgan rasmiy muloqotda ma`qullandi.

Ma`lum bo`lishicha, korxona kelajakda tumanda 10 ming gektar erda 15 million dollarlik loyihani hayotga tatbiq etish orqali 3000 ga yaqin tuman aholisi uchun ish o`rni yaratish va «SOY CITY» (Soya shahri) qurishni rejalashtirgan.

Shuningdek, tumanda 7 gektar maydonda O`rta Osiyoda yagona bo`lgan 100 tonna soyani qayta ishlaydigan zavod ham quriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1