1

Toshkentda 6 oktyabrdan 312 ta umumta`lim maktabida darslar an`aviy tarzda olib boriladi

Jamiyat 05.10.2020, 21:15
Teglar: Toshkent, Maktab, XTBB
Toshkentda 6 oktyabrdan 312 ta umumta`lim maktabida darslar an`aviy tarzda olib boriladi

Toshkentda endi 312 ta umumta`lim maktabida darslar an`aviy tarzda olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Hurmatli poytaxtliklar! 

Farzandlari umumta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan ota-onalar!

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o`qituvchilarni koronavirus ko`rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta`lim muassasalarida ta`lim jarayonlarini bosqichma-bosqich 2020 yil 14 sentyabrdan boshlab 308 ta ta`lim muassasalari o`z faoliyatini boshlagani to`g`risida xabar bergan edik.

Joriy yilning 6 oktyabrdan boshlab Yunusobod tumanidagi 86, 97, 117, 220-sonli maktablar ham o`z faoliyatini yo`lga qo`yadi. 

2020 yil 6 oktyabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta`lim muassasalaridan quyidagi 312 tasi an`anaviy tarzda faoliyat ko`rsatadi: 

1. Bektemir tumanidagi 289, 290, 291, 292, 293-sonli maktab.

2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 83, 94, 110, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 263, 294, 328-sonli maktablar.

3. Mirzo Ulug`bek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 71, 71a, 112, 121, 142, 187, 205, 207, 208, 209, 210, 211, 211a, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 286, 308-sonli maktablar, 101-105-sonli maktab-internatlar hamda FFIDUM, PMTIDUM, MAFIDUM. 

4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 22, 24, 28, 29, 36, 46, 111, 133, 134, 146, 159, 159a, 165, 185, 191, 196, 219, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 278, 298, 315, 326-sonli maktablar hamda 100, 102, 106-sonli maktab-internatlar.

5. Sergeli tumanidagi 2, 3, 6, 7, 8, 32, 33, 47, 55, 68, 76, 104, 264, 266, 267, 268, 269, 237, 277, 284, 285, 300, 301, 303, 304, 305, 317, 322, 329, 330, 331-sonli maktablar.

6. Uchtepa tumanidagi 4, 14, 38, 44, 62, 74, 75, 78, 81, 106, 107, 109, 116, 123, 129, 193, 194, 197, 199, 203, 228, 229, 236, 238, 245, 251, 283, 287, 295, 296, 297, 312-sonli maktablar hamda XTIDUM.

7. Chilonzor tumanidagi 66, 79, 90, 101, 103, 114, 126, 128, 131, 138, 162, 163, 164, 168, 173, 178, 179, 182, 183, 184, 188, 195, 195a, 200, 201, 202, 217, 232, 270, 280, 281-sonli maktablar hamda 4-sonli maktab-internat.

8. Shayxontohur tumanidagi 10, 13, 19, 20, 34, 37, 39, 40, 41, 42a, 34a, 59, 82, 84, 85, 92, 102, 113, 132, 136, 141, 157, 180a, 192, 169, 186, 254, 262, 276, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.

9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 86, 87, 88, 96, 97, 98, 105, 117, 122, 150, 220, 235, 240, 246, 247, 250, 257, 258, 259, 260, 265, 271, 272, 273, 274, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.

10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 73, 89, 91, 100, 118, 127, 135, 144, 160, 172, 319, 321-sonli maktablar.

11. Yashnobod tumanidagi 23, 30, 52, 61, 67, 69, 145, 149, 151, 152, 153, 155, 156, 161, 166, 170, 198, 204, 206, 212, 215, 216, 226, 227, 230, 231, 244, 255, 282, 307-sonli maktablar hamda 103-maktab-internat. 

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o`rta ta`lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o`z faoliyatini an`anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya`ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg`ulotlarini amalga oshiradi.  

Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas`uliyat bilan yondoshishlarini, an`anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat`iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so`rab qolamiz.

 

Sharhlar

Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Toshkentda pod`ezdda qizga tegajog`lik qilgan yigit ushlandi (video)

06.09.2023, 10:12

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1