2020 yilning 8 oyi davomida O`zbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 8,4 mln. AQSh dollariga yoki 3,6 baravarga oshgan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan 8 oy mobaynida O`zbekiston shisha idish va buyumlarni eng ko`p eksport qilgan davlatlar:
Qozog`iston – 7,4 mln.
Turkmaniston – 1,9 mln.
Tojikiston – 976,5 ming
Qirg`iz – 589,7 ming
Gruziya – 435,4 ming
Rossiya – 204,1 ming AQSh dollari
️Ma`lumot o`rnida, 2020 yilning 8 oyida O`zbekiston Qozog`istonga qiymati 7,4 mln. (o`tgan yilning mos davrida 685,7 ming) AQSh dollariga teng bo`lgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan.