1

Tashqi ishlar vazirligi Qirg`izistondagi vaziyat bo`yicha bayonot berdi

Jamiyat 06.10.2020, 22:06
Teglar: Qirg`iziston, Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi Qirg`izistondagi vaziyat bo`yicha bayonot berdi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qirg`iziston Respublikasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

“Qirg`iziston Respublikasida yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji O`zbekiston Respublikasida jiddiy tashvish uyg`otmoqda.

O`zbekiston yaqin qo`shni va strategik sherik sifatida qardosh Qirg`izistondagi vaziyatning mamlakat Konstitusiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez orada barqarorlashuviga umid qiladi.

O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashga qat`iy sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz.

Qirg`izistonning barqarorligi va mustahkam rivojlanishi butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va farovonligining muhim omili hisoblanadi.

Hozirgi murakkab vaziyatda biz O`zbekistonda ko`p asrlik tarixiy va qarindoshlik rishtalari, umumiy madaniy hamda ma`naviy qadriyatlar bilan mustahkam bog`langan birodar Qirg`iziston xalqiga har tomonlama ko`mak ko`rsatishga tayyormiz”, - deyiladi bayonotda.

Sharhlar

⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin Qirg`izistonga keldi. Bu uning Japarov davridagi ilk tashrifi

09.12.2022, 09:30

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg`izistonga keldi. Bu haqda "Sputniq Qirg`iziston" xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, Rossiya prezidentini "Manas" aeroportida Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari...
Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov 2010 yilgi O`sh voqealari bo`yicha sudga chaqirildi

02.12.2022, 09:31

Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi 2010 yil iyun voqealari bo`yicha jinoyat ishini ko`rishda davom etmoqda. Bu haqda "24.kg" xabar qildi. Dastlab sudga sobiq prezident Almazbek Atambaev keltirildi. Sudga...
"O`zbekiston bizdan 30-40 yil oldinga o`tib ketdi. Biz hatto gugurt zavodi ham qura olmadik". Sadir Japarov O`zbekiston bilan chegara masalasini keyinga qoldirish mumkin emasligini ta`kidladi (video)

17.11.2022, 12:24

Bugun, 17 noyabr kuni Qirg`iziston parlamentida O`zbekiston bilan chegara bo`yicha kelishuvlarni ratifikasiya qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda. Unda prezident Sadir Japarov ham ishtirok etmoqda. Bu haqda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1