AsosiySUG'DIYONA

Munajjimlar bashorati: Hamal — o`z g`oyalaringizdan voz kechmang

Hamal burji vakillari uchun kelayotgan yilni ma`lum ma`noda omadli va boshlagan ishlarbni yakuniga etkazish imkoni mavjud deyish mumkin. 2016 yil Hamalllar o`z ruhiy       holatlarini butunlay o`zgartirishlari mumkin. Siz hayotni yanada chuqurroq his qila boshlaysiz. Ayniqsa, atrofdagilar bilan munosabatingizda bu yaqqol ko`rinadi. E`tiborli jihati shundaki, sizdagi bu holat o`tkinchi emas, balki bir umrga saqlanib qoladi. May oylariga kelib, qanday ishning uddasidan chiqa olmasligingiz ravshan bo`ladi. Bu burjning yosh vakillari o`z salbiy odatlaridan voz kecha olishmasa, vaqtincha safarga otlanishlari lozim. Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni xotirjamlik bilan mulohaza qilsangizgina, ichki qarshilikni engib chiqasiz. Ayniqsa, ijod bilan shug`illanadigan insonlar uchun bu yilda katta omadlar kutilmoqda.

ShAXSIY HAYoT

Kelayotgan yil sizga anchagina romantik lahzalarni tuhfa etadi. Hali turmush qurmagan bu burj vakillarining hayotida yilning ilk oylaridayoq o`zgarishlar ro`y beradi. Ehtimol, bir umrlik yo`ldoshingizni uchratib, butun o`y-xayollaringiz u bilan band bo`lishi mumkin. Siz o`z juftingizni ish yuzasidan chiqqan biror safar payti, navbatdagi ta`til yoki shunchaki, shahar chetiga uyushtirilgan sayrda uchratib qolishingiz hech gap emas. E`tiborliroq bo`ling! Bu yilda qurilgan oilalar mustahkam va omadli bo`ladi. Shunday ekan imkonni qo`ldan boy bermay harakat qiling, bu qo`lingizdan keladi.

Oilali Hamallarning uyida ajoyib muhit hukmron bo`ladi. Albatta, har bir xonadonda o`ziga yarasha tushunmovchiliklari mavjud, ehtimol kichik kelishmovchiliklar yuzaga kelar, lekin barchasini tez engib, munosabatlarni izga solib olasiz.

O`z sevgingizni yo`l-yo`lakay uchratishingiz ham mumkin. Garchi sizning xarakteringizga xos bo`lsa-da, sarguzashtlar izlamaysiz. Aksincha, bir inson bilan mustahkam munosabat bog`lashni istaysiz. U ham sizning munosabatingizga munosib javob qaytaradi. Yil o`rtalariga kelib munosabatlaringizda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Taqdir tuyg`ularingiz nechog`li mustahkam ekanini shu yo`l bilan sinab ko`radi. Yilning aynan shu oralig`ida o`z yaqin insoningizni aldashga majbur bo`lganingiz va bunga sabab bo`lgan noqulay vaziyat haqida o`ylab siqilasiz. Shu tufayli ham o`zingizni aybdor his etasiz. Lekin barchasini ochiq-oshkora gaplashib olib, tushunmovchiliklarga chek qo`yishingiz ham mumkin. Siz uchun qadrli bo`lgan insonga nisbatan imkon qadar haqgo`y bo`lishga harakat qiling. Ich-etingizni kemirayotgan muammolaringizni u bilan o`rtoqlashib, birga echim topishga urining.

Yil davomida Hamallar juda ko`p ishlashiga to`g`ri kelishi tufayli yaqin kishisidan e`tiborsizligi tufayli e`tirozlar eshitishi mumkin. Vaqti kamligi bois ham bor diqqatini oilaga qaratishga to`g`ri keladi. Yil oxiriga kelib barcha qiyinchiliklar ortda qoladi.

KARERA VA MOLIYa

Yil boshida ish faoliyatingizda o`zgarishlar deyarli yuz bermaydi. Hammasi tekis va ravon ketadi. Bu holat esa sizni ish haqida ko`proq o`ylash va u bilan band bo`lishga majbur qiladi. Yuzaga keladigan o`zgarishlar faqat ijobiy tomonga bo`ladi. Siz qat`iyat va ishonch bilan harakat qilishni boshlaysiz. Bir yo`la anchagina omadli mashg`ulotlar bilan band bo`lib, yangi loyihalarga yo`l ochasiz. Agar siz yuqori mansabni orzu qilgan bo`lsangiz, ish joyingizni o`zgartirmoqchi yoki o`zingizni yangi yo`nalishlarda sinab ko`rishni istasangiz buning ayni vaqti. Ish jarayonida taklif qilinadigan yangi loyiha va rejalar juda qiziqarli va oson tuyuladi. Sizga beriladigan birgina maslahat — har bir qadamingizni o`ylab bosing. Hamallar o`zlarining g`oyalariga shunchalik berilib ketishadiki, oqibatda yuzaga kelgan ayrim kichik muammolarni nazardan chetda qoldirishadi. Hasadgo`y kishilardan ehtiyotkorroq bo`ling, ular siz haqingizda turli bo`xtonlarni tarqatishlari mumkin. Yana bir maslahat, hamkorlar bilan uyushtirilgan uchrashuvlarda ularning shaxsiyatingizga bo`lgan munosabati ishga salbiy ta`sir etmasligi uchun vazminroq bo`lishga harakat qiling.

Moliyaviy jihatdan yilni ikkiga ajratish mumkin. Yanvar-fevral oylaridagi biroz qoniqarsiz holat ishingizga bo`lgan munosabatingiz haqida jiddiy o`ylab ko`rishga majbur qiladi. Ayrim tushunmovchiliklarda aybdor bo`lib qolmaslik uchun har bir harakatingizda aniq hisob-kitoblarga rioya qilishingizga to`g`ri keladi. Mayning oxirlariga kelib qiyin vaziyatlardan chiqib ketasiz va engil nafas olasiz.

SALOMATLIK

Kelayotgan yilda sog`lig`ingiz borasida turli farqli jihatlar yuzaga keladi. Jismoniy jihatdan bardam bo`lishingizga qaramay, ruhiy holatingiz unga mos bo`lmaydi. Bahorda siz har qanday holatdan engillik bilan chiqasiz. Organizmingiz hatto parashyutdan sakrash yoki akvalangda suzish kabi ekstremal vaziyatlarga ham tayyor bo`ladi. 2016 yilning oxiriga kelib esa sog`lom turmush tarzi borasida bosh qotirishga to`g`ri keladi. Umumiy ahvolingiz yomonlashib, surunkali xastaliklar yuzaga kelishi mumkin. Sizni bosh og`rig`i bezovta qilishni boshlaydi va hamma narsadan achchiqlanish hissi paydo bo`ladi. Hamma ishlarni bir chetga surib, dam olishingiz zarur. Buni esa faqat faol hayot tarzi bilan engib o`tish mumkin. Bu yilda salbiy odatlaringizni kamaytirish yoki butunlay voz kechishingizga to`g`ri keladi. Ozish va doimiy hayot tarzingizni o`zgartirish maslahat berilmaydi. Ishdagi qattiq bosim, uzluksiz, dam olmay ishlash barobarida vaqtida taomlanishni unutish, holdan toydirishi mumkin.

HAMAL-ERKAK

Bu yil sizdan sabr, qat`iyat va g`ayratli bo`lishni talab qilmoqdi. Shaxsiy reja va xohishlaringizni chetga surib qo`ysangizgina, kuz oxirlariga kelib kutilmagan daromad sizni xursand qilishi mumkin. Oktyabrning ikkinchi yarmiga kelib har qanday boshlangan tadbirkorlik faoliyati omad keltiradi. Lekin mol-mulkingizni bahorga qadar etadigan qilib asrab qo`ying. 2016 yilning o`rtalarida o`z hissiyotlaringizni boshqarmasangiz, turli kelishmovchilik va ziddiyatlar yuzaga chiqishi mumkin. Bu esa atrofdagilar bilan munosabatlaringizga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Yil oxiriga kelib sizni ishda yuqori pog`onalar kutmoqda. Puxta o`ylangan qaror va reja, notiqlik iste`dodi va omad katta daromadni qo`lga kiritishga sabab bo`ladi.

HAMAL-AYoL

2016 yil Hamal ayollarga katta o`zgarishlarni va`da qilmoqda. Hamallar ruhiy olamining o`sishiga xalal berayotgan narsalar haqida jiddiy o`ylab ko`rishlariga to`g`ri keladi. Shu bilan birga yaqin kishilari bilan munosabatlarini izga solish uchun ham juda qulay vaqt. Yil o`rtalariga kelib esa g`ururdan voz kechishingizga to`g`ri keladi, yo`qsa, ayrim yaqin kishilari bilan aloqangiz yomonlashishi hech gap emas. Siz avval xayolingizga ham kelmagan yangi iste`dodingizni kashf etasiz. Bu keyinchalik doimiy xobbiga aylanib qolishi ham mumkin. Ilm va bilim olishga qiziqishingiz yanada ortib, dunyoqarashingizni kengaytirasiz.

Rejasiz ish boshlamang!

Hamallar tabiatan faol, g`ayratli, haqiqatparvar, juda jo`shqin va ilg`or kishilar sanaladi. Ularning hayotiy shiorlari “Maqsad to`g`ri yo`lni ko`rsatadi”. Bu burj vakillari biror narsani chuqur o`ylab o`tirmasdan doimiy ravishda harakat qilishadi. Ularning kuchli tomonlari – epchillik, mardlik, yangi g`oyalarni o`ylab topish, zaif taraflari – faqat o`zini o`ylash va rejasiz ish ko`rishdir.

Bilim omad keltiradi

2016 yilni Hamal burji vakillari uchun karera borasida omadli deyish mumkin. Yangi bilimlarni egallash va faoliyat sohasidagi o`sish barcha yo`l va eshiklarni ochib beradi. Hatto tasavvur qilish qiyin bo`lgan g`oyalarni ham rahbariyatingizga bildirishdan hayiqmang, g`oyalar hurmatingiz yanada oshishiga xizmat qiladi. Mardonavorlik ko`rsatish va kurashdan qo`rqmay o`z loyihalaringizni amalga oshirishga kirishing. Maymun muchali  Hamallarga karera pillapoyalaridan ko`tarilish va oilaviy munosabatlarni mustahkamlash imkonini beradi. 

 

 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar