EXHT va O`zbekiston velosiped sporti federasiyasi o`rtasida ommaviy sport targ`iboti yo`lida muhim qadam tashlandi.Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmat xabar berdi. ![]() Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi velotrek o`quv-mashg`ulotlar bazasida bir necha kun davomida o`smirlar o`rtasida O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi. Bugun musobaqa g`oliblarini taqdirlash marosimi ko`tarinki ruhda o`tkazilib, unda O`zbekiston velosiped sporti federasiyasining doimiy hamkorlaridan biri – Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(EXHT)ning O`zbekistondagi elchisi Jon Makgregor ham ishtirok etdi. ![]() Taqdirlash marosimida yuqori martabali mehmon tomonidan O`zbekiston velosiped sporti federasiyasiga 40ta zamonaviy velosiped taqdim etildi. Ma`lumot uchun: yangi velosipedlarning 30tasi velotrek o`quv-mashg`ulotlar bazasiga, yana 10tasi federasiyaning Namangan viloyati bo`limiga topshiriladi. ![]() Tadbirda so`zga chiqqan Jon Makgregor mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport, xususan ommaviy sport targ`ibotiga shaxsan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida jiddiy e`tibor qaratilayotganligini alohida ta`kidlab, mazkur jarayonda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti amaliy hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
|
O`smirlar o`rtasida O`zbekiston chempionati g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi
EXHT va O`zbekiston velosiped sporti federasiyasi o`rtasida ommaviy sport targ`iboti yo`li...









