FIFA kunlari munosabti bilan xalqaro o`rtoqlik uchrashuvlaridan o`rin olgan BAA hamda O`zbekiston milliy terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda 1:2 hisobi qayd etilib, O`zbekiston termasining g`alabsi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 48-daqiqasida Igor Sergeev hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. 86-daqiqaga kelib esa, yana uning o`zi ikkinchi golini urib, dubl qayd etdi. BAA tarkibida bitta javob golini Talyabue 90+2 daqiqada penaltidan kiritdi. Shu tariqa Abramov shogirdlari ikkinchi o`yinda g`alaba qozonishdi. O`rtoqlik uchrashuvi BAA — O`zbekiston 1:2 Gollar: Talyabue (90+2 pen) - Sergeev (48), Sergeev (86) BAA: Xolid Issa, Faris Juma, Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Yussuf Jobir, Hamis Ismoil, Ahmad Barman, Halil Ibrohim, Xalfan Muborak, Sebastyan Talyabue, Fabio de Lima O`zbekiston: Abduvohid Ne`matov, Islom Qobilov, Igor Golban, IbrohimHalil Yuldashev, Murod Xolmuhammedov, Odil Hamrobekov, Aziz G`aniev, Otabek Shukurov, Azizbek Turg`unboev, Xojimat Erkinov, Igor Sergeev. | |
12.10.2020 21:52