2020 yil 14 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 055 (+105) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 32 nafari Toshkent shahrida, 73 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bugun ayni paytga qadar: Toshkent viloyatida 59 nafar, Toshkent shahrida 195 nafar, Namangan viloyatida 31 nafar, Sirdaryo viloyatida 16 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 11 nafar, Farg`ona viloyatida 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 59 095 (+332) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil qilmoqda. Hozirda mamlakatimizda 2 446 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. |
14.10.2020 23:29
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 ming nafardan oshdi
