AsosiySport

Tibo Kurtua: Ronaldu — bu kuch va tezlik, Messi undan biroz iqtidorliroq

'Tibo Kurtua: Ronaldu — bu kuch va tezlik, Messi undan biroz iqtidorliroq'ning rasmi

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» sardori Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

«Menimcha, ularning ikkisi ham boshqa olamdan. Krishtianu — bu ko`proq atletizm, kuch, tezlik. Unda gol sezish qobiliyati bor, u pozisiya tanlashni biladi.

Bu Messiga ham taalluqli. U biroz iqtidorliroq, kutilmaganda aldashga kirishishi va to`rt himoyachini ortda qoldirishi mumkin...

Biroq ularni solishtirish kerak emas va men ulardan qaysi bilan kuchli ekanini ayta olmayman. Ularga qarshi o`ynaganimdan faxrlanaman. Albatta, ularning ikkisi ham menga gol urgan», — deydi Kurtua.

Boshqa yangiliklar