2020 yil 17 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 995 (+82) nafarni tashkil etmoqda Yangi kasallanish holatlarining: 24 nafari Toshkent shahrida, 54 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari Farg`ona viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bugun ayni paytga qadar: Toshkent shahrida 123 nafar, Toshkent viloyatida 85 nafar, Jizzax viloyatida 13 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, Surxondaryo viloyatida 10 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar, Farg`ona viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 15 nafar bemor tuzaldi. Ayni paytda yurtimizda 60 080 (+324) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan. Hozirda mamlakatimizda 2 391 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. |
18.10.2020 02:42
17-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 63 ming nafarga yaqinlashmoqda
