2020 yil 22 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 518 (+79) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 14 nafari Toshkent shahrida, 65 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bugun ayni paytga qadar: Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Jizzax viloyatida 13 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar, Namangan viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Sirdaryo viloyatida 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Farg`ona viloyatida 2 nafar, Toshkent viloyatida 76 nafar, Toshkent shahrida 128 nafar bemor tuzaldi Ayni paytda yurtimizda 61 734 nafar (+311) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan. Hozirda mamlakatimizda 2 244 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. | |
22.10.2020 23:42
22-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafardan oshdi
