AsosiyJAMIYAT

Davlat soliq qo`mitasi mehnat migrantlari uchun soliq joriy qilinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi(video)

Ijtimoiy tarmoqlarda chet elda ishlovchi migrantlar soliqqa tortilishi haqida xabarlar tar...

Ijtimoiy tarmoqlarda chet elda ishlovchi migrantlar soliqqa tortilishi haqida xabarlar tarqaldi. Davlat soliq qo`mitasi ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi.Bu haqda "Tez news" xabar berdi.

"Prezidentimizning PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar o`zini o`zi band qilgan shaxslarga tenglashtirilgani sababli, internet tarmoqlarida mehnat muhojirlari uchun soliq joriy etilayotganligi to`g`risida noto`g`ri ma`lumotlar tarqalmoqda.

Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq o`zini o`zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`idan ozod etiladi.

O`zini o`zi band qilgan shaxslar o`ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo`lishi uchun Pensiya jamg`armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to`lashi mumkin, bu 2020 yil uchun eng kamida BHMning 50 foizi miqdorida belgilangan, hozirgi vaqtda 111 500 so`mni tashkil etadi", — deyiladi Davlat soliq qo`mitasi bayonotida.

Shu bilan birga, agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O`zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, Pensiya jamg`armasiga ijtimoiy soliq to`lashning hojati yo`qligi qayd etilgan.

 
  

Boshqa yangiliklar