AsosiySport

Krishtianu Ronaldu oilasidan ayrilgan falastinlik bola bilan uchrashadi

Madridning “Real” va Portugaliya terma jamoalari hujumchisi Krishtianu Ronaldu besh yoshli oilasidan ayrilgan bola Axmad Davabsha bilan uchrashadi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Falstinlik bolaning oilasi yashagan uy qasddan yoqib yuborilgan. Ayni paytda Ahmad shifoxonada davolanmoqda. “Real” klubi ma`muriyati unga Ronaldu bilan uchrashish uchun taklifnoma yubordi. Falastin elchixonasi ruxsat bergach, Axmad Madridga keladi va Ronaldu bilan uchrashadi. Uchrashuvning aniq sanasi belgilanmagan. Ahmad kelgusi bir necha oyni  shifoxonada o`tkazadi.

2015 yil dekabr oyi oxirida Ronaldu livanlik uch yoshli bola Haydar Mustafo bilan uchrashgan edi. Haydar Livan poytaxti Bayrut shahrida yuz bergan teraktlarda ota-onasidan judo bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar