Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O`zbekiston delegasiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o`yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo`lib o`tmoqda, deya xabar qildi darakchi.uz muxbiri.
Ma`lum qilinishicha, Parij Olimpiadasida bokschi Abdumalik Xalokov va qilichboz Zaynab Dayibekova O`zbekiston delegasiyasi bayroqdori bo`ladi.
Shuningdek, tadbirda Olimpiada g`oliblariga beriladigan mukofot pullariga ham aniqlik kiritildi.
“Olimpiada g`oliblariga 1-o`rin uchun 200 ming, 2-o`rin sohiblariga 100 ming va bronza medali egalariga 50 ming AQSh dollari pul mukofoti taqdim etiladi”, – dedi Bosh vazir Abdulla Aripov.