AsosiySport

"Biz yaxshirog`iga loyiqmiz"

'"Biz yaxshirog`iga loyiqmiz"'ning rasmi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoa Evro-2024 dan ketganidan so`ng o`zining Instagram sahifasida muxlislarga murojaat qildi.

"Biz ko`proq narsani xohladik. Biz yaxshirog`iga loyiqmiz. Portugaliya uchun. Bizga bergan barcha narsalaringiz va shu paytgacha erishgan barcha narsalaringiz uchun minnatdormiz. Ishonchim komilki, maydonda ham, uning tashqarisida ham bu meros sharaflanadi", - deb yozdi 39 yoshli Ronaldu.

Eslatib o`tamiz, Portugaliya bir kun avval chorak finalda Fransiyaga penaltilar seriyasida mag`lub bo`ldi.

Ronaldu Evropa chempionatidagi 30-uchrashuvini o`tkazib, o`z rekordini yangiladi. U hozirgi Evro uning uchun oxirgisi bo`lishini allaqachon aytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar