Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O`zbekiston delegasiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo`lib o`tdi.
Unda Senati raisi, velosiped sporti federasiyasi rahbari Tanzila Narbaeva, Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezidenti Administrasiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Davlat Xavfsizlik xizmati raisi, O`zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov, Adham Ikramov boshchiligidagi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo`mitalari rahbarlari, sportchi hamda murabbiylar, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O`zbekiston delegasiyasining hamkorlaridan biri 7SABER brendi Olimpiada uchun tayyorlangan sport ekipirovkalari taqdimotini ham o`tkazdi. Yangi to`plam barcha sportchi va murabbiylarga birdek manzur bo`ldi.
Qayd etilishicha, marosimda Olimpiya o`yinlari g`olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida ham aytib o`tildi.
Unga ko`ra:
- oltin medal sohiblari – $200 ming;
- kumush medal sohiblari – $100 ming;
- bronza medal sovrindorlari – $50 mingga ega bo`lishlari belgilangan.
Ertadan, 3 iyul sanasidan boshlab terma jamoalarimiz reja asosida Fransiyaga yo`l olib, tayyorgarlikning so`nggi bosqichini bevosita Parij yaqinida olib borishadi. Eslatib o`tamiz, yozgi Olimpiya o`yinlari 26 iyul – 11 avgust kunlari bo`lib o`tadi.