AsosiySport

Ruxshona O`ktamova jahon rekordini yangiladi

'Ruxshona O`ktamova jahon rekordini yangiladi'ning rasmi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo`yicha jahon kubogi bo`lib o`tmoqda. Unda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Jumladan, yoshlar o`rtasida -61 kg vazn toifasida bahslarga kirgan hamyurtimiz Ruxshona O`ktamova 109 kg natija qayd etgan holda oltin medalni qo`lga kiritdi. E`tiborli jihati, vakilimiz ushbu natija orqali o`ziga tegishli bo`lgan yoshlar o`rtasidagi jahon va qit`a rekordini ham yangilashga muvaffaq bo`ldi.  

Eslatib o`tamiz, 27 iyun kuniga qadar davom etadigan musobaqada 15 nafar para pauerliftingchilarimiz ishtirok etmoqda.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar