1

Poytaxt texnika bozorlaridan televizor tanlaymiz

Hi-tech 29.01.2016, 12:48
Poytaxt texnika bozorlaridan televizor tanlaymiz

Hozirgi kunda ko`pchilik asosiy vaqtini internet tarmog`idagi ko`ngilochar vositalar bilan o`tkazishni afzal biladi. Rost, dunyo yangiliklarini, turli telekanallar va radiostansiyalar dasturlari bilan  “o`rgimchak to`ri” orqali tanishib borish mumkin. Va albatta turli messenjerlar sizga istagan kishingiz bilan elektron muloqot qilish imkonini beradi.

Deylik, bugungi radio haydovchilarning eng maqbul hamrohi bo`lsa, televidenie hali-hamon aholi o`rtasidagi eng ommabop axborot vositasi bo`lib qolayotir. Chunki, oila davrasida televizor ko`rib, chaqchaqlashib o`tirishga nima etsin? Shu bois, televizor tanlashda uning o`ziga xos jihatlarini hisobga olish talab etiladi.

Bugun texnika olami shiddat bilan rivojlanmoqda. Televizor ishlab chiqaruvchilar ham ana shu yangiliklarni e`tiborga olishadi, albatta... Deylik, yigirma yillar ilgari rangli televizorlar, masofadan boshqariladigan pultlar hashamdorlik belgisi sanalsa,  bugungi kunda iste`mochilarning talablari ham, televizor imkoniyatlari ham sezilarli darajada ortgan.

Hajm ahamiyatga ega!

Xo`sh, yangi televizor xaridida nimalarga e`tibor qaratish lozim? Birinchi navbatda ekran diagonaliga e`tibor qarating. Agar xonangiz maydoni katta bo`lsa, TV hajmi ham shunga munosib bo`lishi kerak. Oshxona, yotoqxona yoki kichikroq xonalar uchun ixchamgina, deylik 32 dyuym (81 sm) diagonalga ega ekranli televizorlar kifoya qiladi.

Narxi  1 mln 200 ming so`mdan boshlanadi.

Zal yoki mehmonxonaga qo`yilidagin televizor ekrani diagonali 40 dyuymdan (101 sm) boshlanadi. Shunda siz ekranga uncha yaqin o`tirmasangiz ham bo`ladi. Bu ko`rish qobiliyatingizni turli xavf-xatardan asraydi. Shuningdek, bunday katta ekranli televizorlar tomoshabinlar sonining ham ko`proq bo`lishiga imkon beradi.

Oddiy,  40-42-dyuymli televizorlar narxi o`rnatilgan funksiyalariga qarab  2 mln so`mdan boshlanadi.

 Ta`kidlash joizki, bugungi kunda, barcha zamonaviy televizorlarda fleshka, tashqi xotira tashuvchilar (qattiq disklar) o`rnatish va u orqali filmlar, fotosuratlar tomosha qilish va musiqa tinglash imkoniyatlari mavjud.

“AQL” qancha turadi?

Zamonaviy til bilan aytganda  Smart-TV yoki “aqlli” televizorlar sizga biroz  qimmatga tushishi mumkin. Ularda kompyuterga ulanmagan holda, internet tarmog`idan foydalanish imkoni mavjud. Veb-brauzer bilan ishlash jarayoni esa, masofadan boshqarish pulti yordamida bajariladi. Ayrim televizorlarda 3D funksiyasi mavjud. Bu esa, maxsus ko`zoynaklar yordamida tasvirlarni keng hajmda va aniq-tiniq ko`rish imkonini beradi.

Bunday televizorlarni 3 mln so`mdan boshlab sotib olish mumkin.  

O`ta yuqori imkoniyatlarga ega panellar yanada qimmatroq turadi. Masalan, 40 dyuym (101 sm) diagonalli, 3840x2160 nuqtali  (oddiy televizorlardan ikki baravar yuqori) “aqlli” televizorlar narxi 5 million so`mdan boshlanadi.

Agar sizga yanada kattaroq, aniq tasvirli televizor kerak bo`lsa, 50, 55 va  hatto 65 dyuymli modellarga qiziqib ko`rishingiz mumkin.

Ularning narzxi  6 mln so`mdan boshlanib,  25 mln so`mgacha boradi. Ularning ko`pchiligi 3D funksiyasiga ega, yanada qimmatroq nusxalarda esa, qayrilma ekranlar mavjud bo`lib, tasvirni yanada aniq va yorqin ko`rish imkonini beradi.

Tasvirlar yorqinroq bo`lsa...

Televizor xarid qilayotganda, ishlab chiqarish jarayonida qo`llangan texnologiyaga e`tibor qarating. Bu erda tafovut faqat tasvirni individual qabul qilishda ko`zga tashlanadi. Hozirgi kunda suyuq kristalli,  LED va plazmali panellar keng tarqalgan.

Hozirgi paytda suyuq kristalli panellarga talab ancha yuqori. Yorqin tasvirlarni esa,  LED-ekranlar, suyuq kristalli panellar taqdim etadi. Ularda lampochkalar o`rnida svetodiodlar qo`llaniladi. Bu tasvirni imkon qadar mayin, sifatli qilib ko`rsatadi, narxi ham albatta, shunga yarasha bo`ladi.

… Yanada aniqroq

Eng kontarstlisi plazmali televizorlar sanaladi. Lekin ularda ekran har doim yorqin bo`lavermaydi. Faqat uyingizga alohida hashamat va salobat baxsh etishini aytmasa...

Ayni vaqtda, bunday televizorlar ko`zlarni quvnatadigan, ranglarga boy va yorqin  tasvirlarni ko`rishga moslashgan. “Sharh burchaklari” ham ushbu TVlarning o`ziga xos jihatlaridan. Bunday televizorni yon tarafdan ko`rayotgan tomoshabinlar ham noqulaylik sezishmaydi. Biroq, suyuq kristalli ekranlar haqida bunday deyish qiyin. Bunday televizorlarni yon tarafdan ko`rilganda, ranglar aksi to`liq etib bormaydi.

Shu bilan birga har uchala turdagi televizorlar sifatli va chidamlilik jihatidan bir-biridan qolishmaydi.

 Keyingi vaqtlarda ishlab chiqaruvchilar bunday ekranlarni mobil qurilmalardan “ko`chirilgan” IPS texnologiyalari bilan to`ldirishmoqda. Ular yordamida tasvir va ovoz sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.

 “Raqam”lar ortida...

Tanlov davomida e`tibor qaratish lozim bo`lgan yana bir muhim jihat bu katta hajmli raqamli televidenieni ko`rish kartasi ostida maxsus bo`lmalar borligidir. Quvonarlisi, mamlakatimizda raqamli televidenie imkoniyatlari kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Bu har birimizga eshittirish va dasturlarni yuqori sifatda tomosha qilish imkonini beradi.

Darvoqe

Agar siz tasvirga uncha talabchan bo`lmasangiz, bu funksiyaning sizga keragi yo`q. Busiz televizor sizga biroz arzonroqqa tushadi.

Yaxshiroq eshitay desangiz...

Albatta, biz tomosha davomida lazzat olishni istaymiz. Shu bois tasvir hamisha tiniq, chiroyli ovozga jo`r bo`lishi kerak. Bu biror musiqali dastur, film tomosha qilishda katta ahmiyatga ega. Qoidaga ko`ra, ko`pgina televizorlarda 20 vatt quvvatga ega dinamika o`rnatilgan bo`ladi. Biroq, yanada kattaroq hajmli ovozlar uchun qo`shimcha akustik tizimlarni  xarid qilishga to`g`ri keladi.  Bu albatta uy kinoteatri jamlanmasi bo`lishi shart emas, masalan, kompyuterlarga mo`ljallangan karnayli ovoz kuchaytirgich bo`lishi ham mumkin.

Xulosa o`rnida

Smartfon, telefon, planshet, kompyuter yoki noutbuklarga nisbatan bugun televizorlardan sal kamroq foydalanmiz. Shu bois bu erda televizorning tavsifi va chastotasi  emas, sizning didingiz va tanlovingiz muhim ahamiyatga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1