Oxirgi 72 soat ichida Telegram foydalanuvchilari soni 25 millionga ko`paygan va umumiy hisobda 500 million nafarga etgan. Bu haqda messenger asoschisi Pavel Durov o`zining telegram kanalida xabar berdi.
“Yarim milliard faol foydalanuvchiga ega va o`sishni jadallashtirgan Telegram shaxsiy hayot va xavfsizlikka sodiq aloqa platformasini izlayotganlar uchun eng katta boshpana bo`ldi. Biz bu mas`uliyatni juda jiddiy qabul qilamiz. Biz sizni xafa qilmaymiz”, deydi Pavel Durov.
Telegramga qo`shilgan yangi foydalanuvchilar orasida butun dunyo aholisi vakillari bor. Xususan, 38% Osiyo, 27% Evropa, 21% Lotin Amerikasi va boshqa hududlardan.
“Kunlik 1,5 million yangi foydalanuvchilar ro`yxatdan o`tgan. Bu esa avvalgi barcha rekordlarni ortda qoldirdi”, deydi Durov.