AsosiyHI-TECH

Endi iPhone smartfonlarida sun’iy intellekt funksiyalari mavjud

Apple Intelligence funksiyalari uchun kamida 4 Gb bo‘sh joy kerak bo‘ladi.

'Endi iPhone smartfonlarida sun’iy intellekt funksiyalari mavjud'ning rasmi

Apple kompaniyasi iOS 18.1 tizimini chiqardi. Yozda taqdim etilgan sun’iy intellektga (SI) asoslangan Apple Intelligence funksiyalariga birinchi marta ega bo‘ldi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda. 

 iOS 18.1 tizimiga yangilanish orqali quyidagi SI xususiyatlarini olish mumkin:

 — Matn bilan ishlash uchun Writing Tools va bildirishnomalar uchun SI xulosasi;

— Photos ilovasida fotosuratdan ba’zi elementlarni olib tashlash uchun Clean Up funksiyasi;

— Safari orqali veb-sahifani o‘qiyotganda SI uning qisqacha mazmunini aytib berishi mumkin;

— Elektron pochtani «aqlli» saralash;

— Matn so‘rovi asosida slayd-shou yaratish.

— Tez-tez ishlatiladigan ilovalardan faqat eng muhim bildirishnomalarni ko‘rsatadigan maxsus SI fokus rejimi.

 Yangilanish hajmi 1,8 Gb, lekin Apple Intelligence funksiyalari uchun kamida 4 Gb bo‘sh joy kerak bo‘ladi. XS smartfonidan boshlab barcha iPhone egalari IOS 18.1 tizimini olishi mumkin. Ammo Apple Intelligence faqat iPhone 15 Pro/Pro Max va iPhone 16 smartfonlarida mavjud.

 Sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlamaydigan iPhone qurilmalari uchun boshqa bir nechta foydali xususiyatlar ham tayyorlangan. Ehtimol, eng muhimi, telefon suhbatlarini yozib olish va transkripsiya qilish imkoniyatidir. Shuningdek, Siri dizayni va funksionalligi ham yangilangan.

 ChatGPT integratsiyasi va Genmoji bilan Image Playground funksiyalarini o‘z ichiga olgan Apple Intelligence xususiyatlari iOS 18.2 tizimida yil oxirigacha chiqariladi. Tizim 2025 yilning bahorida iOS 18.3 yoki 18.4 versiyalarining chiqarilishi bilan to‘liq ishga tushadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '2030-yilda sun’iy intellekt insoniyatni yo‘q qilishi mumkinmi?'ning rasmi

    HI-TECH 25.04.2025 04:34

    2030-yilda sun’iy intellekt insoniyatni yo‘q qilishi mumkinmi?

    AQShdagi “AI Futures Project” tashkiloti olimlari yaqin yillarda sun’iy intellekt qanday rivojlanishini taxmin qilishga harakat qildi.

    'Apple yangi “iPhone 16e” modelini taqdim etdi'ning rasmi

    HI-TECH 20.02.2025 04:23

    Apple yangi “iPhone 16e” modelini taqdim etdi

    Ushbu yangilanish sabab endilikda iPhone SЕ va iPhone 14 modellarining ishlab chiqarilishi to‘xtatildi.

    'ChatGPT va DeepSeek qiyoslanganda DeepSeek Xitoy hukumati senzurasi ostida ekani aniqlandi'ning rasmi

    HI-TECH 29.01.2025 06:55

    ChatGPT va DeepSeek qiyoslanganda DeepSeek Xitoy hukumati senzurasi ostida ekani aniqlandi

    DeepSeek va ChatGPT nozik mavzularga xos savollarga javob berdi?

    'DeepSeek jahon birjalarida bo‘ron ko‘tarmoqda: Nvidia kapitalizatsiyasi 600 milliard dollarga kamaydi'ning rasmi

    HI-TECH 28.01.2025 06:41

    DeepSeek jahon birjalarida bo‘ron ko‘tarmoqda: Nvidia kapitalizatsiyasi 600 milliard dollarga kamaydi

    DeepSeek chat-boti jahon bozorlaridagi texnologik gigantlarni sindira boshladi.

    'Telegram'da yangilanishlar kutilmoqda'ning rasmi

    HI-TECH 07.10.2024 04:15

    Telegram'da yangilanishlar kutilmoqda

    Endi xabar tahrirlangan muddatni ko‘rish mumkin bo‘ladi.

    'Endi Telegram kanallari egalari reklamadan tushgan daromadning 50 foizini oladi'ning rasmi

    HI-TECH 01.04.2024 06:58

    Endi Telegram kanallari egalari reklamadan tushgan daromadning 50 foizini oladi

    1 mingdan ortiq obunachiga ega Telegram kanallari egalari 31 martdan boshlab ulardagi rekl...