AsosiyDunyo

JSST vakili: pandemiyaning ikkinchi yili yanada qiyinroq bo`lishi mumkin

'JSST vakili: pandemiyaning ikkinchi yili yanada qiyinroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayyan internet orqali jonli efirda koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda qiyinroq bo`lishi mumkin degan fikrni bildirdi.

“Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga kirmoqdamiz va koronavirus tarqalish dinamikasini hisobga olgan holda, bu yil yanada qiyinroq bo`lishi mumkin”, – dedi M. Rayyan.

JSST vakilining ta`kidlashicha, so`nggi ikki hafta ichida tashkilotga kelib tushgan ma`lumotlar ushbu kasallik "yana avjiga chiqqan"ini ko`rsatmoqda.

M. Rayyanning so`zlariga ko`ra, Shimoliy yarim sharda, ayniqsa Evropa va Shimoliy Amerikada "katta bo`ron" kuzatilmoqda. Bundan tashqari, u infeksiya tarqalishining ortishiga sabab bo`lgan omillar havoning sovushi, odamlarning yopiq binolar ichida to`planayotgani, shuningdek, koronavirus yangi shtammining tarqalishi bo`lganligini ta`kidladi.

Ma`lumot uchun, bugungi kunda dunyo bo`ylab 91 595 225 kishi COVID-19 infeksiyasi bilan zaralangan. Shundan, 1 962 354 kishi halok bo`lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar