AsosiyDUNYO

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ziyod xorijlik vizasini bekor qildi

Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yil yanvaridan buyon bekor qilingan vizalar soni sezilarli darajada oshgan. 2026-yil 10-avgust holatiga koʻra, bu koʻrsatkich 175 mingdan ortiq edi.

'Tramp ma’muriyati 300 mingdan ziyod xorijlik vizasini bekor qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan buyon 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yanvaridan buyon bekor qilingan vizalar soni sezilarli darajada oshgan. 2026-yil 10-avgust holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 175 mingdan ortiq edi. Davlat departamenti matbuot kotibi Tommi Pigott ma’muriyat vizalarni AQSh tarixidagi boshqa ma’muriyatlarga nisbatan tezroq bekor qilayotganini bildirgan.

Uning ta’kidlashicha, hukumat viza bilan kelgan xorijliklarning qonunbuzarliklari, firibgarligi va milliy xavfsizlikka tahdidlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rmoqda. Biroq inson huquqlari himoyachilari ushbu siyosat so‘z erkinligi va qonuniy himoyalanish huquqiga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Xususan, G‘azodagi urushga qarshi namoyishlarda qatnashgan yoki ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy fikrlarini bildirgan ayrim xorijliklarning vizalari bekor qilingani tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Tramp ma’muriyati viza oluvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tekshirishni kuchaytirgan. Huquq himoyachilari esa milliy xavfsizlikni ta’minlash choralari hukumat tanqidchilarini nishonga olish vositasiga aylanmasligi kerakligini ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar