AsosiyDUNYO

Bir yilda migrantlar dengiz orqali Yevropaga yetib borish uchun 100 mingdan ortiq urinishni amalga oshirdi

Markaziy O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga yo‘l olgan 1,3 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi.

'Bir yilda migrantlar dengiz orqali Yevropaga yetib borish uchun 100 mingdan ortiq urinishni amalga oshirdi'ning rasmi

2025 yilda migrantlar va qochqinlar Shimoliy Afrikadan Markaziy O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga yetib borish uchun 100 mingdan ortiq urinishni amalga oshirgan. Bu haqda TASS Xalqaro migratsiya tashkiloti hamda BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Qo‘shma hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili Liviya, Tunis va Jazoirdan Italiya hamda Malta tomon Markaziy O‘rta yer dengizi orqali o‘tishga urinishlar soni 100 777 tani tashkil etgan. Bu 2024 yilga nisbatan 21 foizga kam.

Qayd etilishicha, mazkur migratsiya yo‘nalishi hamon o‘ta xavfli bo‘lib qolmoqda. 2025 yilda ushbu yo‘nalishda 1 330 kishi halok bo‘lgan. 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich 1 754 nafarni tashkil etgan.

O‘tgan yili Markaziy migratsiya yo‘nalishi orqali Yevropaga yetib borishga uringanlar orasida Bangladesh, Sudan, Misr, Eritreya va Pokiston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar