2021 yil 14 yanvar kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda qo`shni Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv ombori buzilib ketganligi haqida ma`lumot tarqaldi.
Ushbu ma`lumot yolg`on va hech qanday asosga ega emas. Tojikistondagi favqulodda vaziyatlarga mas`ul idoradan olingan aniq ma`lumotlarga ko`ra, Qayroqqum suv ombori buzilmagan va normal holatda ishlamoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirmoqda.