AsosiyJAMIYAT

Prezident o`tgan yili kuchli shamoldan katta zarar ko`rgan Olotni ko`zdan kechirdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev 21 yanvar kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolyotda Olot tuman...

'Prezident o`tgan yili kuchli shamoldan katta zarar ko`rgan Olotni ko`zdan kechirdi (foto)'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 21 yanvar kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolyotda Olot tumaniga yo`l oldi.

Bu – hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan joriy yilgi birinchi tashrif. Va u mazkur chekka tumandan boshlanayotgani bejiz emas.

2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatiga janubdan kuchli shamol kirib kelgan edi. Uy-joylar, infratuzilma va ekinlarga katta zarar etkazgandi.

Davlatimiz rahbari zudlik bilan u erga etib borib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish, turar joylar va ijtimoiy ob`ektlarni ta`mirlash bo`yicha topshiriqlar bergan edi. Qisqa muddatda zarur ishlar bajarilib, hayot o`z maromiga qaytdi.

Bu galgi safar chog`ida Prezident vertolyotda ushbu ishlar qamrovini ko`zdan kechirdi.

Xususan, Olot, Qorako`l, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida 45 mingta uy, 204 ta ko`p qavatli turar joy ta`mirlangan. Mingdan ortiq ijtimoiy soha va tadbirkorlik ob`ektlari, yo`llar, elektr, gaz va aloqa tarmoqlari tiklangan.

Ayni paytda davlat rahbari shu erlik aholi bilan muloqot qilmoqda.

Boshqa yangiliklar