1

Temir yo`l stansiyalari omborlaridan ko`mir olib qochgan fuqarolar qo`lga olindi

Jinoyat 23.01.2021, 21:41
Temir yo`l stansiyalari omborlaridan ko`mir olib qochgan fuqarolar qo`lga olindi

Joriy yilning, 19 yanvar kuni Farg`ona viloyati IIB TXTB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Farg`ona viloyati, Qo`qon shaxrida yashovchi, Oltiariq ko`mir omborida tarozibon bo`lib ishlovchi, 1970 y.t. I.M. Oltariq ko`mir omboridan, Oltiariq va Rishton tumani aholisi uchun tarqatiladigan ko`mir mahsulotini, Farg`ona viloyati, Uchko`pirik tumani, Kattaqashqar qishlog`ida yashovchi, 1990 y.t. M.N.ga tegishli “XOWO” rusumli yuk mashinasiga yuklab hech qanday xujjatlarsiz Andijon viloyati, Shaxrixon tumani, Raxmatyodgor MFY xududiga borib to`xtaganda aniqlanib ushlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, I.M. Farg`ona viloyati, Bag`dod tumani, Soybo`yi MFY, Istiqlol ko`chasida yashovchi, 1998 y.t. Q.A.ga ushbu 22 tonna 320 kg ko`mir maxsulotini kelgusida o`z extiyojlari uchun ishlatishlik maqsadida 1 kg.ni 303 so`mdan jami 6 mln. 762.960 so`m evaziga sotganligi aniqlangan.  

Bundan tashqari, shu kuni soat 19:25da Surxandaryo viloyati IIB TXTBga, kelib tushgan ma`lumotga ko`ra, Surxandaryo viloyati, Muzrabot tumani, “Bog`ieram” maxallasida yashovchi, 1992 y.t. X.E. Boldir temir yo`l bekati omborxonasidan 14 ta, 30 kg hajmdagi qoplarga joylangan 420 kg. ko`mir briket maxsulotlarini hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda talon-taroj qilib, o`zining boshqaruvidagi Matiz rusumli, avtomashinasi yuk xonasiga ortayotgan vaqtida ushlangan.

Yuqoridagi xolatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1