AsosiyJINOYAT

Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalari topildi

Mazkur holatlar yuzasidan ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalari topildi'ning rasmi

"Xavfsiz va sog'lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida qurilish asboblari ichiga yashirilgan sintetik narkotik moddalari aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Chilonzor tumanida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Yunusobod tumanida yashovchi, 1992 yilda tug'ilgan shaxs to'xtatilib, tekshirilgan.

Tekshiruv davomida unga tegishli perforator ichiga 478 gramm "Alfa-PVP" sintetik narkotik moddasi yashirilgani aniqlangan.

Shuningdek, Chilonzor tumanida o'tkazilgan boshqa tezkor tadbirda Mirzo Ulug'bek tumanida istiqomat qiluvchi, 2009 yilda tug'ilgan shaxsga tegishli benzopila ichiga 107 gramm "Alfa-PVP" moddasi yashirilgani fosh etilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida har ikki holatda ham narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan pochta jo'natmasi orqali yuborilgani aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar