AsosiyJamiyat

Samarqandda dars vaqtida maktab sinf xonasida oyog`ini parta ustiga qo`yib axloqsizlik qilgan o`quvchi va ularning ota-onalariga chora ko`rildi (video)

'Samarqandda dars vaqtida maktab sinf xonasida oyog`ini parta ustiga qo`yib axloqsizlik qilgan o`quvchi va ularning ota-onalariga chora ko`rildi (video)'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lgan dars vaqtida axloqsizlik qilayotgan o`quvchilarning shaxsi aniqlandi.

Mazkur axloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o`quvchilari tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Samarqand shahar hokimligi voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiya a`zolari hamda qator mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida ota-onalarning farzandlari tarbiyasida yo`l qo`yilgan xatolari muhokama qilindi. Ota-onalar farzand tarbiyasiga e`tiborsiz bo`lgani uchun uzr so`radi. O`quvchilar axloqsiz hatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirdi.

Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o`quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o`quvchining ota-onasiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq jarima jazosi qo`llanildi. 

Shu o`rinda ota-onalardan farzand tarbiyasidagi har bir jarayon muhimligini yana bir bor eslatgan xolda, ularning tarbiyasiga e`tiborsiz bo`lmasliklarini, maktab muqaddas dargoh, o`qituvchi esa doim e`zozli va hurmatli inson ekanliklarini doimiy ravishda uqtirib borishlarini so`rab qolamiz. Bu kabi xatti-harakatlar ularning kelajagida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar