1

O`zbekistonda MegaFon va USM Telecom tarmoqlari ish boshlaydi

Hi-tech 10.02.2021, 19:32
O`zbekistonda MegaFon va USM Telecom tarmoqlari ish boshlaydi

MegaFon va USM Telecom O`zbekiston bozoriga kirmoqda.

«USM Telecom» va MegaFon o`zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo`shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etishdi.  

Ma`lum qilinishicha, yangi korxona tarkibidan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O`zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan o`rin oldi.  

O`zbekiston xukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali korxonaga Ucell telekom-operatorining 100% ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 mln dollar miqdorida investisiya, shu bilan birga USM’ning sho``ba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan'ni kiritmoqda.  

Yangi korxonada MegaFon va USM Telecom teng ulush bilan tashkil etgan «Digital Invest» kompaniyasining ulushi 51%, DABA ulushi 49%ga teng.  

Xabarga ko`ra, bitim doirasidagi jarayonlar 2021 yil davomida yakuniga etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1