AsosiyIqtisodiyot

Sirdaryoda MIB tomonidan bank foydasiga 2,8 mlrd so`mdan ortiq qarzdorlik undirildi

'Sirdaryoda MIB tomonidan bank foydasiga 2,8 mlrd so`mdan ortiq qarzdorlik undirildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tuman bo`limi ijro ishi yurituviga Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 10.11.2020 yildagi qarzdor “Fayz”  MChJdan undiruvchi AITB “Ipak yo`li”  foydasiga  jami 2.833.951.575 so`mlik kredit karzdorligi undirish to`g`risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo`yicha bo`lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to`g`risida qaror qabul qilinib, qarzdorga 10 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.  

Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so`rovnomalar yuborilgan.

Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor “Fayz” MChJdan undiruvchi AITB “Ipak yo`li”  foydasiga  jami 2.833.951.575 so`m miqdoridagi qarzdorlik to`liq undirib berilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar