AsosiyIqtisodiyot

Yanvar oyida yangi sanoat korxonalari eng ko`p qaysi hududda tashkil etildi?

'Yanvar oyida yangi sanoat korxonalari eng ko`p qaysi hududda tashkil etildi?'ning rasmi

Joriy yilning yanvar oyida eng ko`p yangi sanoat korxonalari Toshkent shahrida tashkil etilgan va ularning soni 215 tani tashkil qiladi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 2021 yilning yanvar oyida O`zbekistonda 1438 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. 

2021 yil yanvar oyida hududlar kesimida tashkil etilgan yangi sanoat korxonalari soni:

Toshkent shahri – 215 ta;

Farg`ona viloyati – 153 ta;

Samarqand viloyati – 143 ta;

Namangan viloyati – 143 ta;

Andijon viloyati – 133 ta;

Toshkent viloyati – 125 ta;

Qashqadaryo viloyati – 102 ta;

Xorazm viloyati – 85 ta;

Buxoro viloyati – 84 ta;

Surxondaryo viloyati – 71 ta; 

Navoiy viloyati – 59 ta;

Jizzax viloyati – 47 ta; 

Qoraqalpog`iston Respublikasi – 46 ta;      Sirdaryo viloyati – 32 ta.

Boshqa yangiliklar