2021 yilning 1 fevral holatiga faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`ektlari (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) 420 238 ta bo`lib, shundan xususiy korxonalar soni 90 898 tani (21,6 foiz) tashkil qildi.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, xususiy korxonalar sonining yuqori ko`rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahri – 12 931 ta;
- Farg`ona viloyati – 11 288 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 9 414 ta;
- Namangan viloyati – 7 204 ta;
- Surxondaryo viloyati – 7 096 ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdoda – 34 545 ta;
- sanoatda – 16 393 ta;
- yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda – 7 968 ta;
- qurilishda – 7 821 ta;
- qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligida – 6 674 ta.






