AsosiyIqtisodiyot

"O`zbekistonda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, qo`shimcha 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi" – Energetika vazirligi

'"O`zbekistonda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, qo`shimcha 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi" – Energetika vazirligi'ning rasmi

Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  

Prezidentning 2017 yil 2 maydagi qarori bilan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ma`qullangan edi. Bu dasturga jami  

3 mlrd. 400 mln. dollarlik 65 loyiha kiritilgan bo`lib, shundan 34 tasi yangi quvvatlar tashkil etish, 31 tasi mavjudlarini modernizasiya qilishga qaratilgan.  

Bugungi kunda 1 ming 100 megavattlik 12 ta loyiha ishga tushirilgan. 950 megavattlik yana 20 ta loyiha yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda umumiy qiymati 1 milliard 420 million dollar bo`lgan 16 ta loyiha rejalashtirilgan. Xususan, 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi. Qolgan 5 ta loyihaga ko`ra, mavjud stansiyalar modernizasiya qilinib, ishlab chiqarish imkoniyati kengaytiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar