AsosiyJamiyat

Yunusobodda ijaradagi uydan besh talabaning murdasi topildi

'Yunusobodda ijaradagi uydan besh talabaning murdasi topildi'ning rasmi

Bosh prokuraturaning bergan ma`lumotiga ko`ra, joriy yil 27 fevral kuni soat 20:50 larda Yunusobod tumani, Firdavsiy MFY, Injobod ko`chasi, 61-uyda ijarada yashab kelgan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G`. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda “Inxa” universiteti 1-bosqich talabasi S.X.,lar murdasi noma`lum moddadan o`tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o`zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko`ra, jablanuvchilarning o`limi noma`lum moddadan o`tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar