1

Xakerlar butun dunyoda Microsoft Exchange Server pochta dasturiga hujum qildi, Xitoydan gumon qilinmoqda

Hi-tech 09.03.2021, 08:33
Xakerlar butun dunyoda Microsoft Exchange Server pochta dasturiga hujum qildi, Xitoydan gumon qilinmoqda

G`arb nashrlari xakerlar Microsoft Exchange Server pochta dasturiga hujum qilib, foydalanuvchilarning elektron pochtalariga kirish huquqini qo`lga kiritgan deb yozmoqdalar. Bu haqda Ria novosti xabar qildi. 

FT yozishicha, Qo`shma Shtatlarda kichik biznesdan federal idoralarga qadar bo`lgan 30 ming tashkilot hujum qurboniga aylangan, WSJ xakerlar 250 mingdan ortiq serverni buzgan bo`lishi mumkin deb da`vo qilmoqda, Finlyandiya rasmiylariga ko`ra, mamlakatdagi Microsoft Exchangedan foydalanadigan barcha tashkilotlar kiberhujumga uchragan.

NYT kompaniyasi Microsoft vakillariga iqtibos keltirgan holda, kiberhujum ortida xitoylik Hafnium xakerlar guruhi turishi mumkin, deb yozadi, ehtimol bu "davlat homiyligida va Xitoydan tashqarida ishlaydi".

Oq uy ushbu hujum "keng qamrovli bo`lishi mumkin" deb aytdi va uning ko`lamini aniqlash uchun idoralararo guruh tuzdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1