AsosiyJamiyat

Tojikiston va Afg`onistonning taniqli ulamolari Termiz shahriga etib keldi

'Tojikiston va Afg`onistonning taniqli ulamolari Termiz shahriga etib keldi'ning rasmi

2021 yil 13 mart kuni Afg`onistonlik mehmonlar Din ishlari bo`yicha qo`mita rahbariyati, O`zbekiston musulmonlari idorasi vakillari va Surxondaryo viloyati hokimligi hamrohligida Afg`oniston delegasiyasi Termiz shahridagi “Hayraton” chegara maskanida yuksak saviyada kutib olindi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita  Axborot xizmati xabar berdi.

Dastlab, mehmonlar Imom Termiziy majmuasiga tashrif buyurdilar. Bu mo``tabar zot maqbaralarini ziyorat qilib, Qur`on tilovat etildi, ezgu va xayrli duolar qilindi.  

Mehmonlar majmua ziyorati doirasida so`nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va izchil islohotlar haqida ma`lumot berildi.  

Shundan so`ng, delegasiya vakillari Termizdan Samarqand shahriga etib keldilar.

Joriy yil 14 mart kuni Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi A.Axmedov va O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi U.Alimov Samarqand viloyati “Sarazm-Jartepa” chegara maskanida Tojikiston delegasiyasini kutib oldilar.

Ayni damda delegasiya vakillari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar