AsosiyIqtisodiyot

Oltin narxi rekord darajada pasaydi

'Oltin narxi rekord darajada pasaydi'ning rasmi

Oltin birinchi chorakni rekord pasayish bilan yopdi. 2020 yil avgustidan beri metall 19% narxini yo`qotdi.

Bloomberg ma`lumotlariga ko`ra, birinchi chorakda oltin narxi taxminan 10% ga kamaydi, bu 1982 yildan beri rekord pasayish bo`ldi. Oltin mudofaa boyligi hisoblanadi. 

2020 yilda O`zbekiston 100 tonna oltinni chet elga sotdi. Oxirgi 10 yillik davomida oltinni sotish bo`yicha ma`lumotlar birinchi marta oshkor qilindi. Davlat statistika qo`mitasi oltinga oid statistik ma`lumotlarni muntazam ravishda e`lon qilib boradi, ammo ular miqdoriy ko`rsatilmasdi, pul birligida berilar edi.

Markaziy bank hisobotidan ma`lum bo`lishicha, eng kam sotilgan oltin 2012 yilda - 10 tonna, eng ko`pi esa 2019 yilda - 110 tonna bo`lgan. O`sha davrdagi o`rtacha narxlar ham juda o`zgargan, masalan, xuddi shu 2012 yilda unsiya narxi 1668,9 dollar, 2015 yilda 1159,8 dollarga tushdi, 2020 yilda 1771 dollarga o`sdi.

O`zbekiston so`nggi marta 2020 yil avgustida oltin eksport qildi. Markaziy bank oltinni valyuta aktivlarini samarali boshqarish, shu jumladan xalqaro qimmatbaho metallar bozori tahlili va oltin narxlari prognozi asosida sotadi.

Markaziy bank oltinni (2000 dollarga qadar) qimmat bo`lganida faol ravishda sotgan. Sentyabr oyida eksport to`xtaganda, metall 1904 dollarga tushib ketdi. Endi esa narx 1724 dollarga tushdi.

    Boshqa yangiliklar