AsosiyJAMIYAT

Andijonda voyaga etmagan qiz o‘zini kanalga otib vafot etdi

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan ushbu mudhish holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

'Andijonda voyaga etmagan qiz o‘zini kanalga otib vafot etdi'ning rasmi

Andijon viloyatida 15 yoshli qiz o‘zini kanalga otib halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu mudhish hodisa joriy yilning 30 iyul kuni yuz bergan. Marhamat tumani, Ershi MFY, Nodirabegim ko‘chasida yashovchi 16 yoshli qiz taxminan soat 02:30 larda Ershi MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali ustiga qurilgan avtomobil yo‘li ko‘prigidan kanalga o‘zini tashlagan. So‘ng suvda oqib ketgan.

Tezkor qidiruv ishlari davomida voyaga yetmagan qizning murdasi 1 iyul kuni Janubiy Farg‘ona kanalining Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar