1

O`zbekistonda barcha valyutalarni ayirboshlash mumkinmi?

Savol-javob 24.02.2016, 15:40
O`zbekistonda barcha valyutalarni ayirboshlash mumkinmi?

Men yaqinda Gruziyadan qaytib kelgandim. Yonimda 100 lari miqdoridagi mahalliy pul qolib ketibdi, bu taxminan 70 dollar degani. Men o`zimizdagi banklarda bu pulni o`zimizning milliy so`mga almashtira olamanmi? Bizda qanday pullarni milliy valyutaga almashtirib berishadi? 

Atxam Xonqulov, Navoiy viloyati

Savolga Markaziy bank rais o`rinbosari Sherzod XAJIMURATOVdan quyidagicha javob oldik:

Adliya vazirligida 2002 yil 12 avgustda 1165-son bilan davlat ro`yxatidan o`tgan “O`zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq vakolatli banklarga qarashli valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga sotib olishda AQSh dollari, evro, ingliz funt sterlingi, yapon ienasi va Shveysariya franki kabi xorij davlatlarining pul birliklaridan foydalangan holda valyuta ayriboshlash operasiyalari amalga oshiriladi.  

P/S: Agar sizda ushbu holat yuzasidan qo`shimcha savol va e`tirozlar bo`lsa, Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va uni nazorat qilish departamentining 212-60-38, 233-42-69 raqamlariga bog`lanish orqali bilib olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1